Inglizcha xuddi haqiqiy ustoz bilan suhbatlashgandek gapir

AI o‘qituvchi bilan bemalol suhbatlash: u seni tinglaydi va xatolaringni darrov tuzatadi. O‘yinlar olami esa seni qiziqtirib, uchinchi kundayoq darslarni tashlab qo‘ymasligingga yordam beradi.

Bank kartasi kerak emas. Ikki daqiqadan keyin ilk darsingni boshlaysan.

Nega Tutoro repetitorning o‘rnini bosibgina qolmay, undan yaxshiroq?

Tutoro bilan xuddi ustoz bilan darsdagidek inglizcha gapirish, tinglab tushunish va o‘qishni mashq qilasan.

  • Oyiga $400

    Bepul

  • Haftasiga ikki dars

    24/7

  • O‘qituvchining dars rejasi

    Senga moslashadi

  • Haqiqiy dars: ovoz chiqarib gapir

    Sen gapirasan. Ustozing javob beradi, tushuntiradi va suhbat davomida mashqlar berib boradi.

  • Istalgan vaziyatda mashq qil

    Ishga kirish suhbatini yoki shifokor qabulida gaplashishni mashq qil, sarguzashtga otlan yoki o‘z ssenariyingni o‘yla.

  • Kim bilan gaplashishni o‘zing tanla

    Har bir ustozning aksenti ham, fe’l-atvori ham boshqacha. Suhbati o‘zingga yoqqanini tanla.

  • Nima ustida ishlashni aniq bil

    Har darsdan keyin to‘plagan ballaringni ko‘r va qaysi xatolarni takrorlayotganingni bilib ol.

  • So‘zlar yodingda qoladi

    Unuta boshlagan so‘zlaringni kichik o‘yinlarda qayta uchratasan, toki yaxshilab eslab qolguningcha.

  • Cheksiz lenta emas, aniq yo‘l

    Har bir dars bilan xaritada oldinga siljiysan. Bir olamni tugatsang, keyingisi ochiladi.

  • Yangi darajaga chiq. O‘yinda ham.

    O‘z qahramoningni yarat. Har bir dars bilan uning darajasi oshadi va u yuqori ligalarga ko‘tariladi.

Dars

Senga doim vaqt topadigan ustoz

Darajangga mos 10 daqiqalik darslar bilan istagan payting shug‘ullan. Ko‘p kurslarda gapirishga yetarli vaqt ajratilmaydi, bu yerda esa har bir darsda suhbatlashib o‘rganasan.

  • O‘qituvchingni tanla

    Aksenti va xarakteri o‘zingga yoqadigan ustozni tanla. Keyin boshqasini xohlasang, bir bosishda almashtir.

  • Gapirishni boshla

    Suhbat davomida ustozing qisqa mashqlar berib boradi. Quruq yodlash ham, doskadagi qoidalar ham yo‘q.

  • Natijangni ko‘r

    Har bir javobingdan so‘ng ustoz xatolaringni tuzatadi. Dars oxiridagi natijalardan yana nimalarni mashq qilish kerakligini bilib olasan.

  • Xarita bo‘ylab olg‘a yur

    XP to‘pla va xaritadagi keyingi manzilni och. Eslab qolishga qiynalayotgan so‘zlaringni keyinroq o‘yin orqali takrorlaysan.

  • Gapirish

  • Tinglab tushunish

  • So‘zlarni gapda qo‘llash

  • Grammatika: yodlash shart emas

Darsni ko‘r

20+ ustoz bilan turli vaziyatlarda inglizcha gaplash

Gapir, yoz, mashqlarni bajar. AI ustozing xatolaringni darrov tuzatadi, shunda kundalik hayotda har qanday vaziyatda inglizcha bemalol gaplasha olasan.

  • Sophia

  • Margaret

  • Kai

yana

  • Ovoz yozish

    I'd like a table for two, please.

  • Javobingni yoz

    Could we sit by the window?

  • Gap tuz

    Seven o clock works for us

Qahramoningni yarat va didingga mos kiyintir

Bosh qahramon o‘zing bo‘lsang, o‘rganish ham o‘yinga aylanadi. O‘z qahramoningni yarat, darslarni o‘tgan sari yangi kiyim va aksessuarlarni ochib bor.

  • Ko‘zoynak

  • Bosh kiyim

  • Ustki kiyim

  • Pastki kiyim

  • Poyabzal

  • Yuz

  • Qoshlar

  • Burun

  • Lablar

Darslar ro‘yxatda emas, xaritada

Darslar ro‘yxatini varaqlash o‘rniga sayohatga chiqasan. Har darsda hayotda uchraydigan vaziyatni mashq qilasan, ochgan har bir yangi o‘lkang esa qanchalik ilgarilaganingni ko‘rsatadi.

Har bir orol alohida dars: birini tugatsang, keyingisi ochiladi. Keyin nimani o‘rganaman, deb bosh qotirmaysan.

Word Battle

  • O‘tloq

    • Ilk so‘zlar

    • Sonlar va vaqt

    • Qahva buyurtma qilish

    • Yangi tanishuv

  • Cho‘l

    • Yo‘l so‘rash

    • Mehmonxonaga joylashish

    • Ikki kishilik kechki ovqat

    • Bir muammo chiqdi

  • Tog‘

    • Ishing haqida gapirish

    • Muloyim e’tiroz bildirish

    • Ish suhbatidagi javoblar

    • Bemalol gurunglashish

  • Qor

    • Suhbatdoshning fikrini o‘zgartirish

    • O‘ylaganingni ovoz chiqarib aytish

    • Kundalik suhbatdagi iboralar

    • Suhbatda o‘zingni yo‘qotmaslik

Word Battle

Word Battles o‘yinida haqiqiy raqiblarni yeng

O‘tgan darslaringdagi so‘zlar bo‘yicha 60 soniyada raqibingdan ko‘proq to‘g‘ri javob ber. Yutsang ham, yutqazsang ham, so‘zlar yodingda yaxshiroq qoladi.

Sen

Marta

  • Ikki karra XP

  • Qalqon

  • Qo‘shimcha vaqt

To‘g‘ri so‘zni tanla

  • gentle

  • mo‘l

Mukofotlar yig‘ va ishtiyoqingni yo‘qotma

Har bir mukofotdan keyin ertaga yana qaytging keladi.

  • Streak

    Bir kunni o‘tkazib yuborsang, olovcha o‘chadi. Oddiy qoida, lekin har kuni kirishga undaydi.

  • XP

    Har bir dars, jang va story uchun XP olasan. Bu haftada ligadagi o‘rning qancha XP to‘plaganingga bog‘liq.

  • Almases

    Dars qilib Almases to‘pla. Ularni ustozlar, buyumlar va o‘yinda yordam beradigan bonuslarga sarfla.

O‘zingga qulay paytda

O‘ynab so‘z o‘rgan, interaktiv storylarni o‘qi

Word Rider o‘yinida ko‘p adashadigan so‘zlaringni mashq qilasan. Storylarda esa matnni tinglaysan, istagan so‘zing ustiga bosib ma’nosini bilib olasan va savollarga javob berasan.

Ligalarda yuqorila, inglizchangni yaxshila

A1 → B2

Har dushanba 30 kishilik guruhga qo‘shilasan va to‘plagan XP bo‘yicha bellashasan. Haftani yuqori o‘rinlarda yakunlasang, keyingi ligaga ko‘tarilasan, oxirgi o‘rinlarda qolsang, bir liga pastga tushasan.

Shu yerdan boshlaysan

Bronze ligasidan tushib ketmaysan. Jami o‘nta liga bor. Har safar yuqori ligaga o‘tganingda Almases olasan.

  • Bronze

  • Silver

  • Gold

  • Sapphire

  • Ruby

O‘rganuvchilar fikri

Bir haftadan oshiq shug‘ullanib kelayotganlarning qisqa fikrlari.

  • Nihoyat, meni inglizcha gapirtiradigan ilova topildi!

    L.K.

  • AI o‘qituvchi bilan suhbat bunchalik tabiiy chiqishini kutmagandim. Ovozli javob berib, tushunmagan joyimni suhbatning o‘zida so‘rab olishim yoqadi.

    M.R.

  • Til o‘rganish uchun bir nechta ilovani sinab ko‘rganman, lekin ko‘pida bir haftadayoq bir xil mashqlardan zerikardim. Tutoro ancha qiziqarli: suhbatlashib turib, mashqlar ham bajarasan.

    A.S.

  • Eng yoqqan joyi - gaplashib mashq qilish.

    N.P.

  • Dars qilishdan ko‘ra o‘yin o‘ynayotgandek bo‘laman. Shuning uchun har kuni yana kirgim keladi.

    D.M.

  • Qayerdaligimga qarab, gapirsam ham, yozsam ham bo‘ladi. Shunisi yoqadi.

    S.T.

  • Darslar qisqa, tushunarli, ortiqcha gap yo‘q. Odatda tanaffusda bittasini o‘tib olaman, ko‘p vaqt ajratishim shart emas.

    J.B.

  • Ustoz xatolarimni juda sodda qilib tushuntiradi. Adashsam ham, nimani tuzatish kerakligini darrov tushunaman.

    E.K.

  • Menga eng yoqqani Word Battles bo‘lsa kerak. Kim bilandir bellashib so‘z o‘rganish ancha qiziq ekan.

    R.V.

  • Orol xaritasida qanchalik ilgarilaganimni ko‘rib, rosa xursand bo‘laman.

    C.N.

  • Oldin inglizchani yaxshi tushunardim, lekin gapirishga qiynalardim. Tutoro bilan muntazam shug‘ullana boshlaganimdan beri og‘zaki javob berish ancha osonlashdi.

    I.G.

  • Storylar sodda, foydali, ko‘rinishi ham juda chiroyli. Ayniqsa, notanish so‘zni bosib, ma’nosini bilib olish menga yoqdi.

    F.L.

  • Menimcha, ingliz tili uchun sinab ko‘rgan ilovalarim ichida eng qiziqarlisi shu.

    T.A.

  • Suhbatlar oldindan yozilgan gaplar bilan cheklanib qolmasligi yoqadi. Ba’zan kutilmagan savol beraman, o‘qituvchi shunda ham bemalol suhbatni davom ettiradi.

    V.H.

  • Talaffuz mashqlari tufayli yillar davomida qaysi so‘zlarni noto‘g‘ri aytib kelganimni bilib oldim.

    P.D.

  • Nihoyat, har kuni ingliz tili bilan shug‘ullanishga odatlandim.

    G.S.

  • Streak, ligalar va mukofotlar meni rostdan ham undaydi. Ilovani inglizcha gapirishni mashq qilish uchun yuklagandim, o‘yinlarga qiziqib endi muntazam shug‘ullanyapman.

    B.R.

  • Dars o‘tishga kayfiyatim bo‘lmay, shunchaki inglizcha gaplashgim kelganda, «Erkin suhbat» juda qo‘l keladi.

    K.M.

  • Ilova darajamga yaxshi moslashadi. Boshlang‘ich mavzularni qayta-qayta o‘tishimga to‘g‘ri kelmaydi.

    H.C.

  • O‘qituvchiga istagan paytim savol bera olishim juda yoqadi. Shunchaki ilovada mashq bajarayotgandek emas, xuddi o‘zimning o‘qituvchim bilan dars qilayotgandek bo‘laman.

    O.J.

  • Suhbatlar, o‘yinlar va storylar bir-birini zo‘r to‘ldiradi. Mashg‘ulotlar xilma-xil, har kuni bir xil ishni qilayotgandek zerikmayman.

    W.P.

  • Bir necha haftadayoq inglizcha ancha dadil gapira boshladim. Eng katta o‘zgarish shuki, endi gapirishdan oldin har bir jumlani xayolimda tarjima qilib o‘tirmayman.

    M.C.

  • Odatdagi til o‘rganish ilovalariga qaraganda ancha jonli va qiziqarli.

    Y.R.

  • AI bilan suhbatlashish uchun ilovaga qayta-qayta kiraman. Xuddi boshqa odam bilan gaplashgandek, inglizcha gapirishni rosa mashq qilaman.

    A.N.

  • Word Rider rosa o‘ziga tortarkan.

    D.K.

  • Endi keyingi darsimni intizorlik bilan kutaman. Oldin hech qaysi ingliz tili kursida bunday bo‘lmagan.

    L.F.

  • Ingliz tilini o‘rganishning o‘zgacha usuli ekan. Mashqlar yetarli, o‘yinlar esa zeriktirmaydi.

    R.S.

  • Inglizcha gapirishni mashq qilish uchun juda yaxshi. Turli rollarda suhbatlashadigan vaziyatlar yanada ko‘paysa, zo‘r bo‘lardi.

    N.V.

  • Umuman, ilova zo‘r, darslar ham puxta o‘ylangan. Ba’zan energiya men xohlagandan tezroq tugaydi, lekin shu sabab hafta davomida oz-ozdan shug‘ullanib boraman.

    E.T.

  • AI ustoz va gapirish mashqlari zo‘r. Avatar uchun kiyimlar va ko‘rinishini o‘zgartirish imkoniyatlari ko‘proq bo‘lsa, yanayam yaxshi bo‘lardi.

    J.M.

Ilk darsinggacha atigi ikki daqiqa

Sophia seni kutyapti. Bepul shug‘ullan, bank kartasi kerak emas.